10 yildan ortiq tajriba
Extra Standard Oil — Oʻzbekistondagi moylar va surkov materiallari ishlab chiqaruvchisi. Faoliyatimiz davomida avtomobillar, tijorat transporti va sanoat uchun mahsulot ishlab chiqarishda 10 yildan ortiq tajriba toʻpladik.
Birinchi litrdan boshlab bir maqsad sari intildik — har qanday foydalanish sharoitida ishonchlilik va unumdorlikni taʼminlaydigan sifatli moylar ishlab chiqarish: qishki sovuqdan yozgi jaziramagacha, shahar tirbandligidan ogʻir texnikagacha.
Bugun Extra Standard Oil ni 1000 dan ortiq mijoz tanlaydi. Assortimentga motor, transmissiya, gidravlik va dizel moylari, konsistent surkovlar hamda zanjir surkovlari kiradi.







